Seshanba kuni Xitoy janubida 55 kilometrlik dunyodagi eng uzun ko‘prik ochildi. U Gonkong, Makao va Chjuxayni bog‘laydi, deya xabar qildi RIA Novosti Xitoy Markaziy televideniyesiga tayanib.

Muhandislar suv usti ko‘prigi (uzunligi — 22,9km), suv osti tunneli (6,7 km), bir qancha sun’iy orollar hamda Xitoy, Gonkong va Makao o‘rtasida maxsus chegara o‘tkazish punktlaridan iborat murakkab inshootni barpo etishdi.

Ko‘prikning Marvarid daryosi deltasi iqtisodiy zonasidagi muhim uchta shaharning iqtisodiy integratsiyasi va rivojiga, shuningdek Gonkong va Makaoda turizmning rivojlanishiga xizmat qilishi kutilmoqda.

Uchta shahar o‘rtasida kunu tun avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yiladi. Avtobuslar tig‘iz vaqtlarda har besh daqiqada, odatiy vaqtlarda 10−15, tungi vaqtlarda esa 15−30 daqiqada qatnaydi.

Ko‘prik orqali Gonkongdan Chjuxaygacha bo‘lgan masofa 3 soatdan 30 daqiqagacha qisqaradi.