1 oktyabr holatiga ko‘ra O‘zbekistonning sof oltin-valyuta zaxiralari to‘qqiz oy davomida 489 mln dollarga kamayib, 25,49 mlrd dollarni tashkil etdi, deya xabar qildi O‘zbekiston Markaziy banki matbuot xizmati.

Sentyabrda yalpi oltin-valyuta zaxiralari hajmi 463 mln dollarga kamayib, 26,4 mlrd dollarni tashkil etdi. Ularning 12,4 mlrd dollari (bir oy ichida -473 mln dollar) xorijiy valyutadagi aktivlar, 13,95 mlrd dollari (+10 mln dollar) monetar oltindan iborat.

Markaziy bank sentyabrda yalpi oltin-valyuta zaxiralarining kamayishini oltinning bir troy unsiyasi narxi 1206,85 dan 1183,5 dollarga arzonlashgani bilan izohladi. Narxning oltin-valyuta zaxiralarining kamayishga ta’siri 269,8 mln dollarni tashkil etdi.