Yagona umumrespublika protsessing markazi (YAUPM) Litvaning ASHBURN International kompaniyasi ishlab chiqqan TransLink.iQ dasturiy ta’minotini joriy etadi. YAUPM saytida e’lon qilingan axborotga ko‘ra, bu tashkilotlar o‘rtasida imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi bitimda nazarda tutilgan. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.

TransLink.iQ dasturiy yechimi quyidagi imkoniyatlarni beradi:

POS terminallari tarmog‘ini boshqarish;

POS terminallarida bank kartochkalari yordamida to‘lov operatsiyalarini amalga oshirish;

kartochkadagi operatsiyalarni bank-ekvayerga xavfsiz va tezkor uzatish;

tashqi tizimlar bilan integratsiyalanish;

POS terminali dasturiy ta’minotini masofadan turib yangilash;

POS terminallari funksionalini masofadan turib kengaytirish va o‘zgartirish;

POS terminallari tarmog‘i ishini monitoring qilish;

hisobotlar tuzish imkoniyati.

Ushbu dasturiy yechimning joriy etilishi kartalar egalari va saqlovchilarining shaxsiy ma’lumotlari himoyalanishi darajasini oshirish imkonini beradi.

https://www.norma.uz/uz/qonunchilikda_yangi/plastik_kartalardagi_malumotlarni_yangi_dasturiy_taminot_himoya_qiladi