Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining tashabbusi bilan AQSHning Shimoliy Karolina universiteti professori, kimyo bo‘yicha 2015 yilgi Nobel mukofoti sovrindori Aziz Sanjarning O‘zbekistonga tashrifi tashkil etildi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Professor Aziz Siddiq 15−22 oktyabr kunlari O‘zbekistonda tashrif bilan bo‘lib, taniqli professor ishtirokida «Aziz Sanjar: sarhadsiz bilim ichra kechgan hayot» mavzusida xalqaro ilmiy anjuman, kimyo yo‘nalishida tahsil oluvchi bakalavr va magistrlar uchun onlayn ma’ruza hamda O‘zbekiston Milliy universitetida molekulyar biologiya laboratoriyasining ochilish marosimi rejalashtirilgan.

Asli Turkiyada tug‘ilgan Aziz Sanjar 2015 yili Tomas Lindal va Pol Modrichlar bilan birgalikda DNKni tiklash mexanizmlarini tadqiq etgani uchun kimyo bo‘yicha Nobel mukofotiga sazovor bo‘lgandi.