O‘zbekiston TIV xorij mamlakatlaridagi uchta bosh konsullikka yangi rahbarlar tayinlangani to‘g‘risida xabar qildi.

Olma Otadagi (Qozog‘iston) bosh konsul lavozimiga Abror Fatxullayev, Nyu-Yorkda (AQSH) — Kamol Ikromov va Vladivostokda (Rossiya) — Rustam Ismoilov tayinlandi.

Eslatib o‘tamiz, Olma Otadagi bosh konsullik O‘zbekistonning Ostonaga ko‘chirilgan elchixonasi o‘rniga, Vladivostokdagi bosh konsullik esa yaqinda tashkil etildi.