O‘zbekiston hukumati YUNESKO dasturlari va byudjetini qo‘llab-quvvatlash uchun tashkilotning maqsadsiz ko‘ngilli badallar maxsus hisob-raqamiga (S/5) ulush qo‘shgan birinchi donorga aylandi. Badal miqdori 120 ming AQSH dollarini tashkil etdi.

Yangi jamg‘arma YUNESKOga to‘lig‘icha moliyalashtirilmagan dasturlar va yuzaga keluvchi ehtiyojlar uchun mablag‘lar yo‘naltirish imkoniyatini taqdim etadi.

Ulush qo‘shish to‘g‘risidagi kelishuv 5 oktyabr kuni O‘zbekiston prezidentining Parijdagi qarorgohiga tashrifi vaqtida mamlakatning YUNESKOdagi doimiy vakili va tashkilotning Strategik rejalashtirish byurosi o‘rtasida imzolandi.

Byuro direktori Jan-Iv Le So YUNESKO O‘zbekistondan qo‘llab-quvvatlagani va ishonchi, shuningdek O‘zbekiston jamg‘armaga birinchi ulush qo‘shgan mamlakat sifatida namuna bo‘lgani uchun minnatdor ekanini ta’kidladi.