O‘zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Abdusalom Azizov Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri armiya generali Sergey Shoygu boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ikki mamlakat mudofaa idoralarining rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilish davomida bir qator masalalar muhokama qilindi.