O‘zbekiston xalqaro forumlar saroyida MDHga a’zo mamlakatlar Mudofaa vazirlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi boshlandi, deya xabar bermoqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati.

Unda Rossiya Federatsiyasi, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston Respublikalarining mudofaa idoralari rahbarlari ishtirok etmoqda.

Yig‘ilish davomida Markaziy Osiyodagi vaziyat, xalqaro terrorizmga qarshi kurashish yo‘lidagi ustuvor vazifalar, Hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlar o‘rtasida harbiy hamkorlikni rivojlantirish, radiatsion, kimyoviy va bilogik vaziyatni baholash hamda nazorat qilishda Birlashgan tizimning istiqbollari muhokama qilinadi hamda bir qator hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan.