8 oktabr kuni soat 09:30larda Pop tumani «Uyg‘ur» qishlog‘i hududida joylashgan qo‘riqlanadigan temir yo‘l kesishmasida Damas avtomobili va 3008-sonli yuk poyezdi to‘qnashuvi sodir bo‘ldi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi matbuot xizmatining xabar qilishicha, avtomobil (davlat raqami 50 A 687 LA) svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan va harakatdagi poyezd bilan to‘qnashgan.

Yo‘l-transport hodisasi natijasida yengil avtomobilda bo‘lgan 2 nafar fuqaro vafot etgan va 5 nafar fuqaro tan jarohatlari olgan.