2019−2021 yillarda korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha davlat dasturi loyihasi tayyorlanmoqda, deya xabar qildi loyihani ishlab chiqishga mas’ul respublika mahkamalararo komissiyasi «Gazeta.uz"ga.

Dastur davlat va jamiyat hayotining barcha hayotiy sohalarida korrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etishga qaratilgan.

Davlat dasturi quyidagilarni ko‘zda tutgan oltita yo‘nalishda shakllantirilmoqda:

  • korrupsiyaga qarshi kurash sohasidagi qonunchilikni takomillashtirish;
  • fuqarolarning huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish;
  • ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy ta’minot hamda jamiyat va davlat hayotiy faoliyatining boshqa sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralarni ko‘rish;
  • korrupsion huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, to‘xtatish, oqibatlarini, ularni keltirib chiqaruvchi sabab va sharoitlarni bartaraf etish;
  • korrupsiyaga qarshi kurash sohasida tadqiqotlar o‘tkazish va xalqaro hamkorlik olib borish.

Fuqarolar anticorruptionuz Telegram-botidan foydalangan holda davlat dasturi loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etishlari mumkin. U orqali korrupsion holatlar bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etishga qaratilgan takliflarni yuborish yoki korrupsiya bilan to‘qnash kelgan holatlar bo‘yicha fikrlarni ulashish mumkin.