3 oktyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-BAA biznes forumi chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasida 1 mlrd dollarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalar fondini tuzish to‘g‘risidagi bitim imzolandi. Bu haqda O‘zbekiston Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Ibrohim al-Mahmud boshchiligidagi 40 kishilik BAA delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

Biznes forum yakunlari bo‘yicha tijoriy va turar-jon qurilishi, qayta tiklanuvchi energetika hamda investitsion hamkorlik sohalarida qator ikki tomonlama hujjatlar imzolandi.

O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va Abu-Dabi Taraqqiyot fondi Samarqand shahrida savdo markazi va xalqaro mehmonxona qurish, O‘zbekiston va Abu-Dabi SSPlari o‘rtasida ikki tomonlama hamkorlik to‘g‘risidagi bitimlar imzolandi.

Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi va Masdar (AbuDhabi Future Energy Company PJSC) qayta tiklanuvchi energiya manbalari, shamol va quyosh elektr stansiyalari qurilishi sohalarida hamkorlik to‘g‘risida kelishuvga erishdi.
Bugun O‘zbekistonda BAA kapitali ishtirokidagi 100 ga yaqin korxona to‘qimachilik mahsulotlari, qurilish materiallari, meva-sabzavot mahsulotlari konservalari, yuvish vositalarini ishlab chiqarish, poligrafiya sanoati, ulgurji savdo va boshqa sohalarda faoliyat ko‘rsatmoqda.