Toshkent shahar Yunusobod tumanida Xotin-qizlar qo‘mitasi qoshida «Ayollar ijtimoiy ko‘maklashuv maslahat markazi"ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Markaz faoliyati o‘z joniga qasd qilishga moyil xulq-atvorni hamda jamiyatdagi va oiladagi ma’naviy-ahloqiy muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa holatlarni qo‘zg‘atuvchi oilaviy va shaxslararo nizolarning, depressiv vaziyatlarning erta aniqlash va oldini olish choralarini ko‘rishga yo‘naltirilgan.

Markazda mutaxassis, psixolog, yurist xonasi, onalar va bolalar xonalari faoliyat yuritib, u yerga murojaat qilgan ayollarga malakali mutaxassislar tomonidan zaruriy yordamlar ko‘rsatiladi.