O‘zbekiston Umumrespublika protsessing markazi (UzCard) vaqtinchalik nosozlik ro‘y berganini ma’lum qildi.

“18:52 dan boshlab POS, E-POS terminallari va ATM uskunalarining protsessing markazi bilan ulanishida vaqtinchalik uzilishlar kuzatilmoqda”, — deya xabar qildi kompaniya matbuot xizmati.

Mobil to‘lov xizmatlari foydalanuvchilari plastik kartochkalar ishida uzilishlar bo‘layotgani haqida xabar qilishni boshladi. Payme kompaniyasi Facebook sahifasida texnik to‘xtalishlar to‘g‘risida ma’lum qildi.

“Ayni vaqtda O‘zbekiston Umumrespublika protsessing markazi faoliyatida texnik to‘xtalishlar kuzatilayotgani munosabati bilan foydalanuvchilar kabinetida mablag‘lar noto‘g‘ri ko‘rsatilishi, shuningdek ilova orqali to‘lovlarni amalga oshirishda qiyinchiliklar yuzaga kelishi mumkin”, — deyiladi xabarda.