Qonliko‘l tumanidagi «Beskupir» ovul fuqarolar yig‘inida fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida milliylik va zamonaviylikni mujassam etgan qora uy (o‘tov) loyihasidagi bekat qurildi. Bu haqda tuman hokimligi rasmiy sayti xabar bermoqda, deyiladi kruz.uz xabarida.

Ushbu bekat qoraqalpoq xalqining milliy naqshlari bilan bezatilgan bo‘lib, mahalliy aholining avtotransportlarni kutishi va dam olishi uchun o‘rindiqlar qurilib, qulayliklar yaratilgan.