O‘zbekistonning birinchi raketkasi Denis Istomin Chikagoda o‘tkazilgan musobaqa g‘olibiga aylandi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Denis Istomin turnir davomida Marselo Arevalo (Salvador), Tommi Paul (AQSH), Ruben Bemelmans (Ruminiya) va Born Fratangelo (AQSH) kabi tennischilarni mag‘lubiyatga uchratib, finalgacha yetib bordi. Hal qiluvchi bahsda esa boshqa bir mezbon sportchi Reilli Opelkaga qarshi kortga chiqdi va 6:4, 6:2 hisobida mag‘lub etib, bosh sovrin sohibiga aylandi.

Ushbu g‘oliblik orqali tennischi 125 reyting ochkosi va 21 600 AQSH dollari miqdoridagi mukofot puliga ega bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Denis Istomin yaqindagina yakunlangan Osiyo o‘yinlarida ham g‘alaba qozonib, O‘zbekiston sport delegatsiyasi uchun muhim bo‘lgan oltin medal sohibiga aylangandi.