Davlat xavfsizlik xizmati tezkor xodimlari Yangiqo‘rg‘on tumanida O‘zbekistondan Qirg‘izistonga 5,3 mln dollar naqd pulni olib o‘tmoqchi bo‘lgan uch erkakni qo‘lga oldi, deya xabar qildi «O‘zbekiston 24» telekanali «Axborot 24» dasturi.

Qo‘lga olinganlardan birining aytishicha, ular Namangandan Toshkentga odam tashish bilan shug‘ullangan. Ortga qaytishda pullarni Yangiqo‘rg‘on tumanining Zarkent qishlog‘igacha yetkazish, u yerdan esa Qirg‘izistonga olib o‘tish rejalashtirilgan.

Ayni paytda DXX mazkur ish bo‘yicha tergov tadbirlarini olib bormoqda.