Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Hozirgina sambo bo‘yicha bronza medallari uchun bahslari o‘tkazildi.

Sambo bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Nodira Gulova va Ahmad Rahmatullayev Osiyo o‘yinlarining bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Nodir Gulova bronza medali uchun kechgan bahsda boshqa bir o‘zbekistonlik sportchi Madina Turg‘unboyevani mag‘lub etgan bo‘lsa, Ahmad Rahmatullayev tojikistonlik Jomiy Hasaniydan ustun keldi.