Indoneziyaning Jakarta va Palembang shaharlarida Osiyo o‘yinlari davom etmoqda. Kurash bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Kumush Yuldasheva Osiyo o‘yinlarining oltin medali sohibi bo‘ldi.

Yarimfinalda Xitoy Taypeyidan kelgan sporchini mag‘lubiyatga uchratgan Kumush Yuldasheva finalda mo‘g‘ulistonlik Muniktsetseg Otgonga qarshi gilamga chiqdi va uni ham mag‘lub etdi.

Shunday qilib, o‘zbekistonlik sportchilar qo‘lga kiritgan medallar soni 14 taga yetdi. Ularning 10 tasi kurashchilar hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.