«Paxtakor» markaziy sport arenasida O‘zbekiston Mustaqilligining 27 yilligi sharafiga «Aziz va yagonamsan, jonajon O‘zbekistonim!» shiori ostida ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda 1200 ortiq kishi qatnashdi, deya xabar qildi Toshkent hokimiyati matbuot xizmati.

Ishtirokchilar 4 yosh toifasiga bo‘lindi: 16 yoshdan 35 yoshgacha, 36 yoshdan 45 yoshgacha, 46 yoshdan 55 yoshgacha va 56 yoshdan kattalar. Ayollar va erkaklar alohida bellashdilar.

Yugurish oxirida g‘oliblarga esdalik sovg‘alari topshirildi.