O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 20 avgust — Vengriya davlati asoschisi Avliyo Ishtvan kuni munosabati bilan Vengriya prezidenti Yanosh Aderni tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Vikipediya ma’lumotiga ko‘ra, Avliyo Ishtvan kuni Vengriyaning asosiy bayrami hisoblanadi. 1000 yilning 20 avgust sanasida Avliyo Ishtvan I Vengriya taxtiga o‘tiradi va mamlakatning birinchi qiroliga aylanadi.

Mazkur sana 1991 yildan boshlab davlat bayrami sifatida nishonlanib keladi.