Rio Olimpiadasi sovrindori, bugungi kunda professional boksda faoliyat olib borayotgan bokschi Shahram G‘iyosov AQSHning Nyu-York shahrida o‘zining navbatdagi jangini o‘tkazdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Hamyurtimiz faoliyatidagi to‘rtinchi jangida ganalik Albert Mensaga qarshi ringga chiqdi.

Shahram uchinchi raunddayoq raqibini nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratdi va professional faoliyatidagi to‘rtinchi g‘alabaga erishdi.

Ma’lumot uchun, Shahram bugungisi bilan qo‘shib hisoblaganda, professional faoliyati davomida to‘rtta jang o‘tkazgan va ularning barchasida g‘alaba qozongan.

Ganalik Mensaning o‘tkazgan janglari soni 39taga yetdi. U janglarining 31 tasida g‘alaba qozongan. Bitta bahsda durang qayd etgan. Oltita jangda esa mag‘lubiyatga uchragan. Bugun u faoliyatidagi ilk nokautini qabul qilib oldi.