14 avgust kuni Namangan viloyatining Yangiqo‘rg‘on tumanida yashovchi S.A. o‘zaro janjal oqibatida mahalladoshi I.A.ning boshiga tayoq bilan urib, jarohat yetkazgan.

IIV Jamoatchilik OAV bilan aloqalar boshqarmasi bergan xabarga ko‘ra, mazkur hodisa natijasida I.A. kasalxonaga yotqizilgan va ko‘rsatilgan tibbiy muolajalarga qaramay vafot etgan. S.A. ushlangan.