O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun Shayxontohur tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid loyihalar bilan tanishdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Tumanning Oqlon mahallasida bo‘sh turgan joyda texnopark tashkil etish loyihasi mavjud. Tijorat banklari ishtirokida bu yerda to‘qimachlik mahsulotlari, tayyor kiyim-kechak va sport tovarlari ishlab chiqaradigan korxonalar tashkil etish rejalashtirilgan.Bu mahalladagi xotin-qizlar va tuman yoshlarini ish bilan ta’minlashda muhim omil bo‘ladi.

Shu yerda yengil sanoat tarmog‘iga investitsiyalar jalb etish, zamonaviy uy-joylar qurish, tibbiy diagnostika markazi va maktabgacha ta’lim muassasalari tashkil etish, asalni qayta ishlash va qadoqlashni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha rejalashtirilgan loyihalar namoyish etildi.

Davlat rahbari sanoatni innovatsion rivojlantirish, xorijiy tajribani o‘rganib, mahsuldorlik va raqobatdoshlikni oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Tadbirkorlarning innovatsion loyihalarini qo‘llab-quvvatladi.