7 avgustdan 8 avgustga o‘tar kechasi soat 3:30 da Toshkent shahar IIBB YOXB kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish boshqarmasi markaziga «Erkin market» oziq-ovqat do‘konida yong‘in kelib chiqqani haqida xabar kelib tushdi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Sergeli tumanining Choshtepa ko‘chasida joylashgan ushbu olib borilgan tezkor harakatlar natijasida soat 4:39 da yong‘in to‘liq bartaraf etildi. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, elektr tarmog‘idagi qisqa tutashuv falokatga sabab bo‘lgan. Jarohatlanganlar va qurbonlar yo‘q.

O‘z navbatida Toshkent shahar YOXB korxona va tashkilot rahbarlaridan hamda shahar aholisidan yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilishlikni so‘raydi.