Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi — «Bino va inshootlarni ijara shartnomasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish» interaktiv xizmati ishga tushirildi. Bu haqda Norma.uz xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, Fuqarolik kodeksining 574-moddasiga muvofiq, bir yildan kam bo‘lmagan muddatga tuzilgan bino yoki inshootni ijaraga berish shartnomasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi lozim va ro‘yxatdan o‘tkazilgan paytdan boshlab tuzilgan hisoblanadi.

QHTBT portalidagi yangi xizmat yordamida kelishuvlarni amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Xizmat ERIga ega bo‘lgan, avtorizatsiyalangan foydalanuvchilar uchun ochiqdir.