Namangan shahri markazidagi Islom Karimov va «G‘irvonsoy» ko‘chalari kesishmasida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i o‘rnatildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Bayroqning balandligi 35 metr bo‘lib, u shahar markazidagi tepalikka o‘rnatilgan.