O‘zbekiston Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari qo‘mondonligi 26 iyul kuni 16:30 da «Do‘stlik» o‘tkazish punktida chegara naryadi harbiy xizmatchisining fuqaro bilan bo‘lib o‘tgan mojaroni o‘rganishni boshladi. Bu haqda Chegara qo‘shinlari matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga xabar qildi. Hodisa tasvirlangan videoyozuv avvalroq internetda paydo bo‘lgan edi.

«Batafsil tekshiruv o‘tkazilmoqda, uning yakunlari bo‘yicha aybdor shaxslar nisbatan O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq choralar ko‘riladi» — deya qayd etdi matbuot xizmati.