O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 2018 yilning birinchi yarimyilligida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha bayonot berdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Qishloq xo‘jaligida islohotlarni amalga oshirishga qaratilgan qonunlar ijrosi ustidan tizimli ravishda nazorat tashkil etildi. Mazkur sohadagi nazorat tadbirlari natijalari bo‘yicha:

— fermer xo‘jaliklariga 81,1 mlrd. so‘m kredit, 11,5 mlrd. so‘m ish haqi, 645 mln. so‘m naqd pul mablag‘lari olishlarida, shuningdek, 3,7 mlrd. so‘m debitor qarzlarni undirishda, 344 ta fermer xo‘jaligiga ro‘yxatdan o‘tish
va bankda hisob-raqami ochishda amaliy yordam ko‘rsatildi;

— 11.259 gektar asossiz ajratilgan yoki noqonuniy foydalanib kelinayotgan yer maydonlari zaxiraga qaytarildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 08.08.2017 yildagi qaroriga muvofiq, tegishli hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining ijtimoiy himoyasi va turmush sifatini oshirish, tadbirkorlikni rivojlantirish va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha chora-tadbirlar ko‘rildi.

Mazkur sohada o‘tkazilgan ishlar natijasida:

— 22.055 ta oilalarga manzilli yordam ko‘rsatilib, moddiy ahvoli yaxshilandi;

— faoliyatini to‘xtatgan 11.827 ta tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati tiklandi, 9.037 ta yangi ish o‘rinlari yaratildi;

— 9.913 nafar tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatildi;

— 80,3 ming nafar tadbirkorlar to‘lov terminallari bilan ta’minlandi;

— o‘tkazilgan «davomat» tadbirlari davomida 9.726 nafar maktab
va kollejlar o‘quvchilarini, shuningdek, 4.148 nafar chet davlatlariga ketgan o‘quvchilarni ta’limga qaytarilishi ta’minlandi;

— ko‘p qavatli uylar, savdo va xizmat ko‘rsatish ob’ektlariga 8.722 ta videokuzatuv kameralari o‘rnatildi.

Bosh prokuraturaning murojaatlarni telefon orqali qabul qilish Markazi bilan 56 ta vazirlik va idoralar o‘rtasidagi elektron hamkorlik tizimi samarali faoliyat ko‘rsatmoqda, bevosita axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali murojaatlarning hal etilishi ustidan tizimli nazorat amalga oshirilmoqda.

Markazga shu davrda 44.290 ta murojaat qabul qilinib, ularning
8.113 tasi qanoatlantirildi.

Shu jumladan, tadbirkorlardan 2.975 ta murojaatlar kelib tushib, ularning 476 tasi qanoatlantirilgan.

Bu borada o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 12.798 ta holatda tadbirkorlarning huquqlari buzilganligi aniqlangan, shu jumladan:

— 3 ta holatda tadbirkorlik faoliyatiga asossiz aralashilganligi, 7 ta holatda noqonuniy tekshirish o‘tkazilganligi;

— 178 ta holatda murojaatlarni ko‘rib chiqishda qonunbuzishga yo‘l qo‘yilganligi aniqlandi.

Ko‘rilgan choralar natijasida 12.595 nafar tadbirkorning huquqlari
va 2.052 ta tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyati tiklandi.