O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 2018 yilning birinchi yarimyilligida amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha bayonot berdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, qonuniylikni mustahkamlash, fuqarolarning huquq hamda erkinliklarini, jamiyat va davlatning qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha ko‘rilgan choralar, shu jumladan davlat idoralari huquqiy hujjatlarini o‘rganish natijasida:

— 49 062 ta holatda prokuror nazorat hujjatlari qo‘llanildi, 63 142 nafar fuqaroning huquqlari tiklandi;

— 5 262 ta huquqiy hujjatlar bekor qilindi va 6 250 tasi qonunga muvofiqlashtirildi;

— qonunbuzilishlar sabablarini bartaraf etish yuzasidan 10 951 ta taqdimnomalar yuborildi;

— sudlarga 53,2 mlrd. so‘m moddiy zararni undirish haqida 5 906 ta arizalar kiritildi;

— 5 156 nafar shaxslar ogohlantirildi, 27 741 nafari intizomiy, ma’muriy va moddiy javobgarlikka tortildi;

— qo‘pol qonunbuzilishi holatlari bo‘yicha 788 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Prokuror tekshirishlari va dastlabki tergov davomida jami 250,7 mlrd. so‘mlik zararlar qoplanishi ta’minlandi.