Toshkent shahrining Yashnobod tumanida 23 iyul kuni Yunusobod tumanida yashovchi B.K. boshqaruvidagi «Isuzu» rusumli avtobus TXAY ko‘chasida joylashgan «Rohat» avtosaloni oldida haydab ketayotib, boshqaruvning yo‘qotilishi natijasida yo‘l chetiga ag‘darilib ketgan.

Oqibatda yetti nafar yo‘lovchi yengil tan jarohati olganligi tufayli ularga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatilib, javob berilgan.

O‘zbekiston IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi bergan ma’lumotga qaraganda, mazkur hodisa yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.