Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida Janubiy Koreyaning NCG ENGINIRING kompaniyasi 100 dan ziyod ishlab chiqarish korxonalarini o‘z ichiga olgan sanoat zonasi va ishchi-xodimlar uchun aholi punktini qurishga kirishdi. 22 iyul kuni ilk korxonaga ramziy poydevor qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi, deya xabar qildi Sirdaryo viloyat hokimligi axborot xizmati.

Poydevor qo‘yish marosimida viloyat hokimi G‘ofurjon Mirzayev hamda NCG ENGINIRING kompaniyasi prezidenti Jang Il Kveon ishtirok etdi.


Loyiha 2018−2023 yillar davomida amalga oshirilishi rejalashtirilgan bo‘lib, tashkil etiladigan sanoat zonasiga qiymati 300 mln AQSH dollari miqdoridagi sarmoya kiritiladi. 10 mingdan ortiq yangi ish o‘rinlari yaratilishi kutilmoqda.