Toshkent hokimiyati huzuridagi Jamoatchilik kengashi Parkent Plaza kompaniyasi bilan hamkorlikda Yunusobod tumani 11-mavze 17-uy devoridagi mahalliy uy-joy shirkatlar uyushmasi tashabbusi bilan bo‘yab yuborilgan mozaikani qayta tiklashni boshladi.Foto: Facebook.

Holat bo‘yicha bloger Alla Dzyurich 13 iyul kuni Facebook orqali ma’lum qilib, besh qavatli uy devorining bino ta’mirlanishidan oldingi va keyingi tasvirlarini joylashtirdi.

Ko‘p qavatli uylar devorlaridagi mozaikali panno — O‘zbekiston poytaxtining o‘ziga xosliklaridan biri sanaladi. 1966 yilgi zilziladan keyin Toshkentga kelgan rassomlar Pyotr va Nikolay Jarskiy namunali binolarni shu yo‘l bilan bezash tashabbusini ilgani surgan.

Jamoatchilik kengashi matbuot xizmatining xabar qilishicha, mazkur mozaikani qayta tiklash tashabbusini kengash eksperti, Parkent Plaza rahbari Oybek Shodiyev ilgari surgan.

Foto: fb.com/TashkentTop.

Payshanba kuni havozalar o‘rnatilib, pannoni tozalash ishlari boshlab yuborildi. Juman kuni esa restavratsiya bo‘yicha mutaxassis — akademik Marina Borodina bilan maslahatlashuv bo‘lib o‘tadi. Ishlarni 10 kunda yakunlash rejalashtirilgan.

Jamoatchilik kengashidagi muhokamalarda mozaikali binolar ro‘yxatini shakllantirish masalasi ko‘tarildi.