O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida 2 ta fakultet: xalqaro jurnalistika hamda internet jurnalistikasi va ijtimoiy tarmoqlar fakultetlari mavjud bo‘lib, ular 8 ta yo‘nalishni o‘z ichiga qamrab oladi.

Bular:

Bosma ommaviy axborot vositalari — 5220101;

Teleradiojurnalistika — 52201024;

Internet jurnalistika — 5220103;

Xalqaro jurnalistika — 5220104;

Sport jurnalistikasi — 5220105;

Axborot xizmatlari va jamoatchilik bilan aloqalar — 5220200;

Mediamarketing va reklama — 5220400;

Mediadizayn — 5152000.

Bu yilgi qabul kvotalariga asosan bakalavrga barcha yo‘nalishlar bo‘yicha jami 100 nafar talaba qabul qilinishi rejalashtirilgan. Universitet qabul komissiyasining ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu yo‘nalishlarga hujjat topshirgan abituriyentlar statistikasi quyidagicha:

Bosma ommaviy axborot vositalari — 72 ta o‘zbek, 25 ta rus guruhiga (qabul rejasi — umumiy hisobda 15ta)

Teleradiojurnalistika — 109 ta o‘zbek, 36 ta rus guruhiga (qabul rejasi umumiy hisobda 15 ta)

Internet jurnalistika — 65 ta (qabul rejasi 10 ta)

Xalqaro jurnalistika — 73 ta (qabul rejasi 10 ta)

Sport jurnalistikasi — 73 ta (qabul rejasi 10 ta)

Axborot xizmatlari va jamoatchilik bilan aloqalar — 88 ta o‘zbek, 37 ta rus guruhiga (qabul rejasi umumiy hisobda 20 ta)

Mediamarketing va reklama — 67 ta (qabul rejasi 10 ta)

Mediadizayn — 30 ta (qabul rejasi 10 ta)

Mediamarketing va reklama yo‘nalishidan tashqari barcha yo‘nalishlarda ijodiy imtihonlar mavjud bo‘lib, ular 2 bosqichda (og‘zaki va yozma) ravishda o‘tkaziladi.

17 iyul kuni ijodiy imtihonning og‘zaki bosqichi bo‘lib o‘tdi va unda ekspert (hay’at a’zolari) sifatida yurtimiz OAVda faoliyat yurituvchi (televideniye suxandonlari, bosma OAV va internet) jurnalistika sohasi mutaxassislari taklif etilgan.

Yozma ijodiy imtihon esa 19 iyul kuni o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Barcha imtihonlarda jami 675 nafar abituriyent ishtirok etadi.