O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tizimida o‘zgarishlar davom etmoqda. Kuni kecha vazirlik markaziy apparati hamda hududiy tizimlarida 17 kishi rahbarlik lavozimlariga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan quyidagilar yangi lavozimga tayinlandi:

podpolkovnik Saida’loyev Saidanvar Saidumarovich, Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;

podpolkovnik Ixvoldinov Dilmurod Ixvoldinovich, Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Islomov Azizbek Rustamjonovich, Andijon viloyati Paxtaobod tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

mayor Alixonov Mansurbek Mamasidiqovich, Andijon viloyati Jalaquduq tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

kapitan Asqarov O‘ktam Bahromovich, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Umarov Dilshodjon Rahmiddinovich, Qashqadaryo viloyati Nishon tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Sherg‘oziyev Bahrom Jo‘raxonovich, Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

kapitan Abdullayev Hojiakbar Ergashevich, Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Suvonqulov Zokir Latifovich, Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Murodov Avaz Akbarovich, Toshkent viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Abdujabbarov Shuhrat Hamidovich, Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Sotvoldiyev Ilhomjon Imomaliyevich, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik G‘ofurov Ziyohidlin Ne’matjonovich, Farg‘ona viloyati Rishton tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Najimiddinov Baxtiyor Rahimovich, Farg‘ona viloyati Beshariq tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Kolonov Bahodir Abdumannonovich, Farg‘ona viloyati Furqat tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

mayor Ahmedov Sherzodjon Zokirovich, Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

mayor Sotvoldiyev Akmaljon Rahmatovich, Farg‘ona viloyati Bog‘dod tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.