«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi tomonidan Toshkent-Urganch yo‘nalishida qo‘shimcha poyezd qo‘yildi, deya xabar bermoqda kompaniya matbuot xizmati.

Poyezd Toshkentdagi Janubiy vokzaldan 17, 19, 21, 23, 25 iyul kunlari soat 14:30 da jo‘nab ketadi. Urganchdan esa 19, 21, 23, 25, 27 iyul kunlari soat 10:00 da yo‘lga chiqadi.

Qo‘shimcha ma’lumotlarni vokzal ma’lumotxonasidan olish mumkin.