O‘zbekiston mudofaa vazirligining markaziy apparati mashinalari yangi namunadagi, ro‘yxatga olingan davlat raqamlariga ega bo‘ladi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar tarqatdi.

Yangi belgilar oq fonga ega bo‘lib, unda hudud kodi ifodalangan (masalan, 01 — Tashkent), tartibli raqamlar to‘rt belgidan va MV (Mudofaa vazirligi) harfidan iborat.

Bundan tashqari, Mudofaa vazirligining barcha turdagi harbiy mashinalari ham yangi raqam belgilari bilan jihozlanadi. Ularda ham to‘rt belgili raqamlar bo‘ladi. Fon esa qora rangda bo‘lishi ko‘zda tutilgan.