Navoiy viloyati moliya va g‘aznachilik organlari rahbarlari byudjet tashkilotlari xodimlari oylik maoshlari va ta’til pullarini to‘lash jadvali bo‘yicha ortda qolishga yo‘l qo‘yganlari uchun qat’iy ogohlantirildi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Iyulda Moliya vazirligi byudjet tashkilotlari xodimlari maoshlari va ta’til pullarini o‘z vaqtida va to‘liq to‘lanishi uchun 532,5 mlrd so‘m miqdorida maqsadli mablag‘ni ajratgan.

Shu bilan birga, 6 iyulda respublika bo‘yicha birinchi navbatdagi xarajatlar to‘lovlari 85,8 foizni tashkil etgan. To‘lovlarning eng past ko‘rsatkichi aynan Navoiy viloyatida kuzatilmoqda — 60 foizdan bir oz oshiqroq.