Rossiyada o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionatining chorak final bahslariga bugundan start berildi. Kunning ilk o‘yinida Fransiya termasi Urugvayni mag‘lubiyatga uchratdi.

Mazkur bahs oldidan Fransiyaning favorit ekani aytilgandi va bu amalda o‘z isbotini topdi. Butun uchrashuv davomida «uchranglilar"ning ustunligi sezilib turdi.

O‘yinning 40-daqiqasida Varan hisobni ochgan bo‘lsa, 61-daqiqada Grizmann farqni ikkitaga oshirdi. Uchrashuv so‘nggiga qadar hisob o‘zgarmadi.

Endi Fransiya terma jamoasi yarimfinalda Braziliya — Belgiya uchrashuvi g‘olibiga qarshi o‘ynaydi.

Urugvay — Fransiya 0:2 (0:1, 0:1)

Gollar: 0:1 — 40 Varan, 0:2 — 61 Grizmann.

Urugvay — Muslera, Kaseres, Ximenes, Godin, Laksalt, Torreyra, Nandes (Urretaviskayya, 73), Vesino, Bentankur (Rodriges, 59), Suares, Stuani (Maksi Gomes, 59).

Fransiya — Loris, Pavar, Varan, Umtiti, Lyuka Ernandes, Pogba, Kante, Mbappe (Dembele, 88), Grizmann (Fekir, 90), Tolisso (Nzonzi, 80), Jiru.

Ogohlantirishlar: Lyuka Ernandes (33), Bentankur (38), Rodriges (69), Mbappe (69).

Video