O‘zbekiston musulmonlari idorasi muassisligida «Muslim-tour» sayyohlik firmasi o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda idora matbuot xizmati xabar bermoqda.

Mazkur faoliyatni olib borish uchun Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining litsenziyasini qo‘lga kiritildi. Unga ko‘ra, firmada turizm faoliyatini kirish, chiqish va ichki turizm yo‘nalishlarini amalga oshirish huquqi mavjud.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzuridagi «Muslim-tour» sayyohlik firmasi mamlakatdagi qadamjo, ziyoratgoh va tabarruk maskanlarga mahalliy hamda xorijiy fuqarolarning ziyoratlarini uyushtirishni rejalashtirmoqda.