Rossiyada o‘tkazilayotgan futbol bo‘yicha jahon chempionati guruh bosqichining 2-tur bahslari davom ettirilmoqda. Bugungi kunning dastlabki o‘yini Belgiya va Tunis terma jamoalari o‘rtasida o‘tkazildi.

Uchrashuv gollarga boy tarzda kechdi. Bahs boshidayoq afrikaliklar darvozasiga belgilangan penaltini Azar aniq amalga oshirdi. Oradan 10 daqiqa o‘tgach Lukaku hisobni yana oshirdi.

Yana ikki daqiqa o‘tganidan so‘ng Bronn kiritgan gol tunisliklarga biroz umid bergandek edi. Shundan so‘ng Lukaku va Azar yana ketma-ketlikda gol urishdi.

Uchrashuv oxirida Batshuayi yana bir gol kiritib, hisobni 5:1 ga yetkazdi. Biroq Xazri bir gol urib, hisobni biroz qisqartirdi.

Belgiya — Tunis 5:2 (3:1, 2:1)

Gollar: 1:0 — 6, penalti Azar, 2:0 — 16 Lukaku, 2:1 — 18 Bronn, 3:1 — 45 Lukaku, 4:1 — 51 Azar, 5:1 — 90 Batshuayi, 5:2 — 90 Xazri.

Belgiya — Kurtua, Boyata, Vertongen, Mene, Alderveyreld, de Bryuyne, Ferreyra Karrasko, Vitsel, Azar (Batshuayi, 68), Mertens (Tilemans, 86), Lukaku (Fellayni, 59).

Tunis — Bin Mustafo, Bin Yusuf (Benaluan, 41), Maalul, Bronn (Naggez, 24), Merya, Kaui, Skiri, Xazri, Sassi (Sliti, 59), Badri, Bin Yusuf.

Ogohlantirish: Sassi (14).