O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Sankt-Peterburg (Rossiya)ga Xorazm viloyatidan vaqtincha ishlashga borgan, ayni paytda pasportidan va ishidan ajralgan 53 nafar o‘zbekistonlikning videomurojaatiga munosabat bildirdi.

Vazirlikning Facebook tarmog‘idagi bayonotida aytilishicha, Rossiyaga mart oxirida yetib borgan 53 kishidan iborat guruhdan 1 kishi O‘zbekistonga qaytgan va 11 nafari ish joyini tark etgan. Yana 41 kishi ikkita qurilish ob’ektida ishlashda davom etmoqda.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, 1−2 fevral kunlari Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi va «Yevroosiyo mehnat zaxiralari» (Rossiya) kompaniyasining shartnomasi asosida Urganchda «Samarqandni oldindan rejalashtirish uchun moslashuv markazi» qo‘shma korxonasi ish beruvchining iltimosiga binoan g‘isht teruvchi vazifasiga borish istagida bo‘lgan odamlarni tanlab olishdi. Bu jarayonda agentlikning Samarqand filiali direktori A.Hafizov, Xorazm filiali direktori M. Ramazonov va ish beruvchi tomonning vakillari ishtirok etdilar.

O‘zbekistonning ariza bergan 295 nafar fuqarolari tanlovdan o‘tkazilib, 92 nafari ajratib olindi. Ulardan 53 nafari tayyorgarlikdan o‘tdi. 24 mart kuni ular Sankt-Peterburgdagi «Peterburg qurilish kompaniyasi"da ish beruvchining hisobidan vaqtinchalik mehnat bilan shug‘ullanish 53 uchib borishdi.

28 aprel kuni guruhning barcha ishtirokchilari mazkur mintaqada mehnat faoliyati olib borishga ruxsat etuvchi patentni oldilar. Qabul qiluvchi tomon mazkur patentni olish uchun mablag‘ ajratdi.

5 may kuni Tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha agentlik hamyurtlarni ishga joylashish joyida yuzaga kelgan muammolar haqida ma’lumotlarni qabul qildi. Shikoyatda qiyin yashash sharoiti, ishning miqdori ozligi, patentning ish joyiga mos emasligi va uskunalardan foydalanish pulli ekani ta’kidlandi. Qabul qiluvchi tomonga bu borada tegishli choralar ko‘rish to‘g‘risida iltimosnoma jo‘natildi.

8 may kuni agentlik bo‘lim boshlig‘i U. Isajonova, «Yevroosiyo mehnat zaxiralari» shirkati bosh direktori A.Chupin va direktorlar kengashi a’zosi D. Lazarev shikoyatda ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tekshirish uchun Leningrad oblastidagi Murino qishlog‘idagi qurilish maydonchasiga yetib bordilar.

Tekshiruv protokolida qayd etilganidek, turmush sharoitlari haqida gapirilsa, yashash joylari sanitariya me’yorlariga to‘liq javob beradi (4−5 kishi bir binoga joylashga). Lekin bu yerda yashovchilar shaxsiy va jamoat gigiyenasi me’yorlariga rioya qilmaydilar, qurilish maydonchasidagi umumiy foydalanish nuqtalari jihozlangan, ishchi kuchi ularning kasbiy mahoratiga va ish hajmiga ko‘ra tanlab olingan. O‘z navbatida zarur ko‘nikmaga ega bo‘lmaganlar ishchilarning ish haqi past ekani aniqlandi.

Protokolda shuningdek ishchilar Leningrad viloyatidagi ob’ektda mehnat shartmoasiga ko‘ra vaqtincha bo‘lib turganliklari, ish beruvchi tomonidan taqdim etilgan qimmatbaho uskunalar bilan ishlashda mas’uliyat ishchining zimmasida bo‘lishi tanlash jarayoni paytidayoq ogohlantirilganliklari, berilgan maxsus kiyim sakkiz oy davomida to‘lash sharti bilan oylikdan hisoblanmasligi ta’kidlangan.

U. Isajonov fuqarolar bilan suhbat olib bordi. Ularning aksariyati yaratilgan sharoitlardan qoniqayotganini va ish faoliyatini olib borishga tayyorligini bildirdi, deyiladi vazirlik xabarida.

Ko‘rsatilgan kamchiliklar, jumladan boshqa ob’ektga ko‘chish masalasini tomonlar besh kun ichida hal qilishga kelishib oldilar.

28 may kuni erishilgan kelishuvni bajarilmayotgani fakti bo‘yicha Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi direktor o‘rinbosari B. Tursunov Sankt-Peterburgga yetib bordi.

U yerda ma’lum bo‘lishicha, o‘tgan vaqt davomida 53 fuqarodan 1 nafari oshqozon og‘rig‘i sababli O‘zbekistonga qaytgan, 11 kishi, jumladan videomurojaatni yo‘llagan 4 kishi ish joyini tark etgan holda noma’lum yo‘nalish bo‘yicha ketgan. Ikki ob’ektdagi 41 kishi mehnat shartnomasiga muvofiq ravishda ikkita ob’ektda ishlashda davom etmoqda.

Ish beruvchi ob’ektni tark etgan 11 fuqaro ustidan shikoyatini bildirdi. Ta’kidlanishicha, uchib kelish xarajatlari, hujjatlarni rasmiylashtirish, yashash va oziq-ovqat xarajatlari uchun o‘tgan vaqt davomida 3,5 million rubl yoki 55 ming AQSH dollari sarflangan. Vaziyat O‘zbekiston fuqarolari ishlayotgan qurilish ob’ektlarini xavf ostiga qo‘yadi.

19 iyundan boshlab agentlik vakili A.Hafizov doimiy ravishda Sankt-Peterburgda ish olib bormoqda. Unga ish beruvchining ishchilar oldidagi qarzdorligini aniq belgilashga, ularga shartnoma shartlariga ko‘ra o‘z ish haqlarini olishini ta’minlash va videomurojaatni yozgan hamyurtlar bilan uchrashish vazifasi topshirildi.
Hafizovning so‘zlariga ko‘ra, ishchilarning salomatligi xavf ostida emas, shaxsiy hujjatlar (pasportlar)i o‘z yonida, mehnat sharoitlari esa qoidaga mos keladi. O‘zbekistonning 19 nafar fuqarolari bir joyda, qolgan 22 nafari esa boshqa joyda ishlamoqda.

Agentlikning Xorazm filialining direktori M. Ramazonov qurilish maydonchasini tark etgan fuqarolarning qarindoshlari bilan yaqin aloqada bo‘lib turibdi. 11 kishini topish uchun Rossiya huquqni muhofaza qilish organlariga murojaat qilish imkoniyati ham ko‘rib chiqildi.

Vaziyat Bandlik va mehnat munosabatlari vaziri Sherzod Qudbiyevning shaxsiy nazorati ostida. Tashqi mehnat migratsiyasi bo‘yicha agentlikning doimiy vakili Sankt-Peterburgda shartnomalar to‘liq amalga oshirilgunga qadar va u yerda ishlayotgan O‘zbekiston fuqarolarining huquqlari ta’minlanganiga ishonch hosil qilgunga qadar o‘sha yerda bo‘ladi.

Chet elda mehnat faoliyatini amalga oshirish vaqtida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xatarlarni minimallashtirish maqsadida Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Vazirlar Mahkamasining qarori bilan chet elda ishlayotgan fuqarolarning huquq va manfaatlarini himoya qilish Fondini tashkil etishni nazarda tutuvchi qaror qabul qildi. Bundan tashqari, Tashqi mehnat migratsiyasi masalalari bo‘yicha agentlikning monopoliyasini tugatish, fuqarolarni chet eldagi mehnat faoliyati uchun jo‘natish va mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish nazarda tutilgan.