Rossiyada o‘tkazilayotgan jahon chempionatining guruh bosqichi yakuniga yetdi. So‘nggi bahsda favorit sifatida baholangan Polsha Senegalga yutqazib qo‘ydi.

2016 yilgi Yevropa chempionatida kuchli o‘yin namoyish etgan Polshani ko‘pchilik chempionatning kuchli jamoalari qatorida tilga olayotgandi.

Senegalga qarshi o‘yin Polsha uchun o‘yin muvaffaqiyatsiz kechdi. 37-daqiqada Chonek o‘z darvozasiga kiritib qo‘ydi.

Ikkinchi taymning 60-daqiqasida Nyang hisobni yanada oshirdi. 86-daqiqada Krixovyakning kiritgan goli hech narsani hal qilmadi.

Polsha — Senegal 1:2 (0:1, 1:1)

Gollar: 0:1 — 37, avtogol Chonek, 0:2 — 60 Nyang, 1:2 -86 Krixovyak.

Polsha — Shchensni, Pishchek (Bereshinski, 83), Chonek, Pazdan, Rыbus, Krixovyak, Zelinski, Blashchikovski (Bednarek, 46), Milik (Kovnatski, 73), Grositski, Levandovski.

Senegal — Ndiay, Vage, Sane, Kulibali, Sabali, Sarr, Guye, Ndiaye (Kuyate, 87), Mane, Diuf (Ndoye, 62), Nyang (Konate, 75).

Ogohlantirishlar: Krixovyak (12), Sane (49), Guye (72).