Toshkentning Yashnobod tumanidagi zaif ko‘ruvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktori M. Maqsudov sanitariya me’yorlariga rioya qilmagani sababli lavozimidan chetlatildi, deya xabar qildi poytaxt prokuraturasi «Gazeta.uz"ga.

Toshkent prokurori Sherzod Obloqulov tarbiyalanuvchilar sog‘lig‘ini qayta tiklash, bilim olish va yashash sharoitlarini o‘rganish uchun ta’lim muassasasiga shaxsan tashrif buyurdi.

O‘rganishlar jarayonida internat yotoqxonasi, oshxonasi va hojatxonalarida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilmagani, muassasa rahbariyati esa o‘z majburiyatlariga e’tiborsiz munosabatda bo‘lgani aniqlandi.

Mazkur muammolar hamda maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari arizalari hisobga olinib, Toshkent shahar Xalq ta’limi bosh boshqarmasi Maqsudov bilan mehnat shartnomasini bekor qilishga qaror qildi.