Toshkentda Sharof Rashidov ko‘chasidan Matbuotchilar ko‘chasi bo‘ylab («Poytaxt» mavdo majmuasi) Amir Temur ko‘chasiga hamda Amir Temur xiyobonidan («Ugolok») Zarafshon ko‘chasigacha transport vositalari harakati uchun ochiladi, deya xabar qildi poytaxt IIBB.

Xabarda qayd etilishicha, ushbu qaror shahar aholisi va mehmonlari uchun qulaylik yaratish maqsadida qabul qilindi.

Ayni paytda ko‘chalarda qurilish ishlari boshlab yuborildi.