Irmatov Murod Abdukaxarovich 14 may kuni Toshkent shahar hokimligi «Binolardan foydalanish departamenti» davlat unitar korxonasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda poytaxt ma’muriyati matbuot xizmati xabar qildi.
Murod Irmatov (1980 y. t., Toshkent iqtisodiyot universiteti bitiruvchisi — 2004) bunga qadar Akfa kompaniyasida ko‘chmas mulklar bo‘yicha mutaxassis bo‘lib ishlagan.
U 2011−2017 yillarda «Ko`chmas mulk savdo xizmati» MCHJ bosh direktori bo‘lgan.