Xotira va qadrlash kuni (9 may) munosabati bilan Toshkent metropoliteni stansiyalari monitorlarida O‘zbekiston davlat arxividagi urush yillari foto va videomateriallari namoyish etiladi. Bu haqda «Arxiv» Agentligidan «Gazeta.uz"ga xabar qilindi.

Agentlik vakilining so‘zlariga ko‘ra, arxiv materiallari Toshkent metropoliteniga taqdim etilgan, namoyishlar yaqin kunlarda boshlanishi lozim.
Bundan tashqari, «O‘zarxiv» tashabbusi bilan 4−14 may kunlari Toshkent fotosuratlar uyida arxiv foto va videohujjatlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi.