Bugun, 25 aprel kuni 16:30 dan 20:00 gacha Toshkent metropolitenining barcha liniyalarida Mudofaa vazirligi Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan harbiy-vatanparvarlik aksiyasini tashkil etadi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Qurolli Kuchlar Markaziy ashula va raqs ansambli xonandalari harbiy yillar liboslarini kiygan holda stansiyalar oralab poyezdlarda Ikkinchi jahon urushi vaqtlaridagi qo‘shiqlarni ijro etadi.

Aksiya «Do‘stlik» (sobiq «Chkalov») metro stansiyasida 16:30 da boshlanadi.