Dushanba kuni ertalab Toshkentda 14 apreldan buyon qidirilayotgan olti yoshli Abdulloh Alisherovning jasadi topildi.

Bola uning Uchtepa tumanidagi uyi yaqinidan oqib o‘tuvchi Qoraqamish daryosi qirg‘og‘idan topildi, deya xabar qildi poytaxt IIBB.

Dastlabki ko‘rikda bola jasadida zo‘ravonlikdan vafot etganini tasdiqlovchi belgilar topilmadi. Hodisa tafsilotlari o‘rganilmoqda.

Abdullohning dafn marosimi shu kunning o‘zida bo‘lib o‘tdi.

IIBB bolaning yaqinlari va qarindoshlariga chuqur hamdardlik bildirdi.