O‘zbekiston prezidenti farmoni bilan Ilhom Norqulov Markaziy bank boshqaruvi raisi o‘rinbosari etib tayinlandi, deya xabar qildi MB matbuot xizmati.

Ilhom Norqulov O‘zbekiston Moliya vazirligi tizimida va iqtisodiyotning ishlab chiqarish sektorida faoliyat ko‘rsatgan.

Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida xalqaro iqtisodiy aloqalar yo‘nalishida bakalavr, Glazgo universitetida (Buyuk Britaniya) «Iqtisodiy rivojlanish» yo‘nalishida magistr darajasini olgan.

Markaziy bankdagi faoliyatini 2010 yilda bosh iqtisodchi lavozimida boshlagan. 2013−2018 yillarda MB Monetar siyosat departamentini boshqargan.