O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi huzuridagi ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi hukumat topshirig‘iga binoan tegishli vazirliklar bilan birgalikda O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida"gi qonunining yangi talqinini ishlab chiqib, xalq muhokamasiga qo‘ydi.

«Qonunning yangi tahriri yillar davomida ta’lim tizimida to‘planib kelgan kamchilik va muammolardan hamda bir qatorda xorijiy mamlakatlar tajribasining chuqur tahlili asosida shakllantirilgan», — deyiladi xabarda.

So‘rovnoma «bob"larga bo‘lingan bo‘lib, asosiy hujjat bilan tanishib chiqib, tegishlicha o‘zgartirishlarni taklif qilish so‘ralmoqda. Qonun matni quyidagi havolaga joylashtirilgan bo‘lib, takliflar ushbu havola orqali qabul qilinadi.